Rossiyaning Stavropol ölkasida ikkita yengil maşinaning töqnaşişi oqibatida 9 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda ölkaning yöl harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi boşqarmasi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Koçubey tumanida tungi soat 01 ga yaqin Lada Priora avtomobili qarama-qarşi yönalişga çiqib, Ford Scorpio bilan töqnaşib ketgan. Priora’da 5 kişi, Ford’da 4 kişi bölgan. Ularning barçasi halok bölgan", deb ma'lum qildi agentlik suhbatdoşi.
"Priora haydovçisi 20 martadan köproq marta yöl harakatini buzgan bölgan, u oxirgi marta haydovçilik guvohnomasidan mast holatda maşina haydagani uçun 1,5 yil avval mahrum etilgan ", deyildi yöl harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi boşqarmasida.
















