2015 yilda Qirğizistonda ilk marta mamlakatni tark etayotganlarga nisbatan kelayotgan fuqarolar soni köp böldi. Bu haqida QR Davlat migratsiya xizmati rahbari örinbosari Almazbek Asanbayev xabar qildi. 

  Qirğiziston Respublikasi Çegara xizmati ma'lumotlariga köra, 2010-2014 yillar mobaynida mamlakatni tark etuvçilar soni keluvçilardan köp bölgan. Inqilob sodir bölgan 2010 yilda mamlakatdan ketganlar soni keluvçilarga nisbatan 150 mingga köpaygan bölsa, 2011 yilda bu körsatkiç 212 mingga yetdi. 
 
  2013-2014 yillarda ketganlar soni kelganlardan 40-47 mingga köp bölgan va nihoyat, 2015 yilda  Qirğizistonda  ilk marta ketganlardan kelganlar soni 84 mingga köp bölganligi kuzatilgan. Almazbek Asanbayev buni rublning qadrsizlaniş jarayoni natijasida Rossiyada işlaş foyda keltirmay qöygani bilan boğladi.

"Qançalik ajablanarli bölmasin, muhojirlarimiz soni qisqarmagan: beş yil davomida bu körsatkiç 560 ming kişi darajasida özgarmay turibdi", - dedi u.