22 karra Olimpiya çempioni bölmiş amerikalik suzuvçi Maykl Felps Rio-2016 doirasida 100 metr masofaga batterflyay usulida suziş böyiça oltin medalni qölga kirita olmadi.

Bundan avvalgi 3 olimpiadada bu masofada ğoliblikni heç kimga bermagan Felps 12 avgust kuni singapurli Jozef Isaak Skulingga yutqazdi (50,39). Ikkinçi örinni 3 sportçi bölib oldi: Maykl Felps, vengr Laslo Çex va janubiy afrikalik Çad Le Klosning körsatkiçlari bir xil böldi (51,14).
Skulingning ğalabasidan keyin naşrlar e'tiborni boşqa jihatga qaratdi: ayni vaqtda bu yigitça öz kumiri Maykl Felps 2008 yilda tuşgan surat tarqalmoqda. Ular öşanda Pekindagi Olimpiya öyinlari arafsida tasodifan uçraşib qolişgan — amerikaliklar jamoasi öşanda turnirga Singapurda tayyorgarlik körgan. Felps şahar taşqarisiga çiqqanida uni 13 yoşli Skuling uçratib qolgan.

Hozirda Felps 31 yoşda, Skuling esa 21 yoş.
Singapur Milliy Olimpiya Qömitasi Jozef Skulingning bu muvaffaqiyatini munosib rağbatlantirişga qaror qildi va unga 1 million AQŞ dollari miqdorida mukofot puli ajratdi.
















