Suziş böyiça 23 karra olimpiya çempioni Maykl Felps aralaş uslub (MMA) böyiça jangçi Konor Makgregorga 100 metrga erkin usulda suziş böyiça bahsda 50 metrlik öziga xos imtiyoz berişini ma'lum qildi. Bu haqda The National xabar bermoqda.
«Men unga bellaşişni taklif qilib, hazillaşgandim. Biroq, agarda u musobaqa ötkazişni istasa, menga baribir. U bilan kuç sinaşib köraman. Agarda biz bir yildan söng uçraşganimizda, men bir yil yoki olti-sakkiz oy şuğullanişim mumkin edi. Men, agarda bu lozim bölsa, 48 soniyada suzib ötaman. U bir daqiqadan kam vaqt sarflaganini körmadim. Şuning uçun hattoki 50 metrlik imtiyoz bergan taqdirimda ham, undan ustun kelaman», - deya ma'lum qildi Felps.
30 avgust kuni sport tarixidagi yagona 23-karra olimpiya çempioni Maykl Felps Konor Makgregorni kuraşga çorlagandi.
Iyul oyida esa Felps 100 metrga suzişda oq akulaga mağlub böldi.

















