Turkiyaning Suriya bilan çegarasi yaqinidagi Injirlik harbiy bazasida saqlanadigan AQŞ yadro arsenali terrorçilar va "boşqa duşmanona kayfiyatdagi kuçlar" ixtiyoriga tuşişi mumkin, deyiladi Stimson Center notijorat markazi e'lon qilgan hisobotda.

"Injirlik aviabazasida AQŞning 10lab yadro qurollaridan iborat arsenalning saqlanişi, uni terrorçilar va boşqa duşman kuçlar tomonidan egallab olinişi ehtimolini kuçaytiradi", — deyiladi B61 Life Extension Program: Costs and Policy Considerations nomli hisobotda.

"AQŞ Injirlikdagi ellikka yaqin yadro quroli (V61 vodorod bombasi)ning xavfsizligini Turkiyadagi fuqarolik kelişmovçiligi bilan boğliq vaziyatda naqadar ta'minlay oladi?, degan savolga aniq javob beriş muşkul vazifadir", —deya ta'kidlanadi hujjatda. 

Hisobot mualliflaridan biri Leysi Hili (Laicie Heeley)ning fikriça, xavfsizlik nuqta-i nazaridan baholaganda, Suriya bilan çegaradan atigi 100 km uzoqlikdagi Injirlik aviabazasida 50ga yaqin Amerika yadro qurolini saqlaş, "lotereya öynaş" bilan barobardir. 

"Bu qurollar Yevropaning xavfsizligiga umuman aloqasi yöq, bugungi kunda mazkur yadro arsenallari NATOdagi ittifoqçilarning majburiyatlariga köproq aloqador bölib qolmoqda", — deb fikrlaydi Hili. 

Hisobotda qayd etilişiça, Yevropadagi barça B61 vodorod bombalarini yöqotiş hamda Yevropa hududida saqlaş uçun ularni xarid qiliş amaliyotiga çek qöyiş maqsadga muvofiq bölur edi. Şu bilan 6 mlrd dollarga yaqin mablağni ham iqtisod qiliş imkoni paydo bölur edi. 

"Bu bombalar bugungi kun talablariga javob bermaydi, buning ustiga juda qimmat hisoblanadi. Şunga köra, ularni Yevropadan yöqotib, NATOdagi ittifoqçilarimizni himoya qilayotgan oddiy qurolli kuçlarni kuçaytiriş ma'qulroq", — deydi Stimson Center markazi hamasosçisi Barri Bleçman.

Avvalroq, New Yorker naşrida çop etilgan maqolada ta'kidlanişiça, Turkiyadagi davlat töntarişi NATOning barça yadro qurollari çorak qismini taşkil etuvçi va Injirlik harbiy bazasida saqlanuvçi arsenal taqdirini xavf ostiga qöymoqda. Naşrga köra, 1960-yillardan beri AQŞ yadro arsenalining 7 mingdan ortiq quroli Ğarbiy Yevropaga, Gretsiya va Turkiyaga köçirilgan.