Polşa hukumati “Polşa hududidagi natsistlar konslagerlari” gapi bilan birga qöşib “polyak konslagerlari” jumlasini işlatişga qarşi uç yillik qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Zbignev Zebro ma'lum qilgan.
Mamlakat Jinoyat Kodeksining yangi moddasiga muvofiq Polşa va uning xalqini Uçinçi Reyx jinoyatlari bilan yonma-yon tilga oliş mumkin emas. Yangi qonun mamlakat fuqarolari va çet elliklarga qaratilgan.
Eslatib ötamiz: Ikkinçi jahon uruşi davrida Germaniya qöşinlari tomonidan işğol qilingan Polşa hududida oltita konslager bölgan: Sobibor, Treblinka, Xelmno, Beljyets, Auşvits-Birkenau va Maydanek.
















