Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Primoredagi bolalar bog‘chasiga kirib olgan ayiq otib tashlandi
Primore huquqni muhofaza qilish organi xodimlari Kirov tumanidagi qishloqda joylashgan "Skazka" nomli bolalar bog‘chasiga kirib olgan ayiqni otib tashlashdi. Bu haqida viloyat ma'muriyatining saytida xabar berildi.
Mahalliy aholi 12 avgust kuni 6-7 yoshlardagi yirik qora ayiqni ko‘rib qoldi. Yirtqich hayvon shu hudud yaqinidagi o‘rmonga joylashib olib, tashlandiq joylarda daydib yurgan, ba'zan turar joylar atrofida ham ko‘rishgan. 16 avgust kuni u maktabgacha ta'lim muassasasi hududiga kirib qolgan. Bolalar bog‘chasiga Primore politsiyasi va ov nazorat boshqarmasi xodimlari yetib kelishdi. Bog‘cha ishchilariga bolalar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xavf paydo bo‘lganligi haqida ma'lumot berildi.
Maxsus tezkor guruh ayiqni o‘rmonga haydashga harakat qildi, biroq ayiq yana qaytib keldi. Manbada ta'kidlanishicha, jonivor och bo‘lgan, shu bois odamlarning yonidan ketishni istamagan.
Ayiq orqa oyoqlarida turib, politsiya xodimlari tomon 10 metr masofaga yaqinlashganida unga o‘q uzishga qaror qilindi. Hozirda qishloq hududi nazorat ostida, aholi hayotiga tahdid soluvchi hech qanday xavf yo‘q.
Mavzuga oid
19:21 / 05.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
07:30 / 01.10.2025
Kanadada oq va qora ayiq o‘rtasidagi to‘qnashuv tasvirga olindi
10:31 / 29.09.2025
Burchmullada qo‘ng‘ir ayiq nobud bo‘ldi
10:30 / 13.09.2025