Jamiyat | 17:33 / 18.08.2016
18566
1 daqiqa o‘qiladi
Kun fotosi: Dunyodagi eng katta havo kemasi yo‘llar ustidan uchib o‘tmoqda
Bugun Angliyadagi Kardington aerodromidan 92 metrli uchar qurilma - dunyodagi eng katta havo kemasi, Airlander 10 gibrid dirijabli parvozga chiqdi. U geliy moddasi hisobiga 2 hafta davomida havoda bo‘ladi.
Airlander 10 — dirijabl, vertolyot va samolyot chatishmasi. U 4900 metr balandlikka ko‘tarilib, soatiga 148 kilometr tezlikda ucha olishi hamda ko‘p yoqilg‘i sarflamagan holda katta yuklarni tashiy olishi mumkin.
Airlander’ning ichi geliy bilan to‘ldirilgan bo‘lib, «po‘stlog‘i» o‘ta mustahkam materiallardan yasalgan.
Yer yuzidagi eng ulkan havo kemasi osmonga ko‘tarildi (video)