Jahon | 15:04 / 18.08.2016
4355
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Hindistondagi novvoyxonada yuz bergan portlashda 3 kishi halok bo‘ldi

Hindiston poytaxti Yangi Dehlidagi novvoyxonalardan birida yuz bergan portlashda kamida 3 kishi halok bo‘lgan, ikki nafar odam jabrlangan. Bu haqda, Sinxua agentligi xabar qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, novvoyxona poytaxtning sharqiy qismida joylashgan bo‘lgan. Qurbonlar ushbu muassasa xodimlari ekani ta'kidlangan bo‘lsa-da, mijozlar orasida zararlanganlar bor yoki yo‘qligiga oydinlik kiritilmagan. 

Portlashdan so‘ng, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar bo‘linmasi yetib kelgani aytilmoqda. Jabrlanganlar shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Mazkur hodisa bo‘yicha tergov ishlari boshlab yuborilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid