Sport | 08:52 / 18.08.2016
29091
2 daqiqa o‘qiladi

Rio Olimpiadasining 12-kungi bahsiga kirishadigan O‘zbekiston vakillari

Milliy olimpiya qo‘mitasi Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining 18 avgustdagi chiqishlari jadvalini e'lon qildi.

Boks

O‘zbekiston bokschilari 18 avgust kungi bellashuvlarda yarim final bahslarini olib borishadi. 

Murodjon Ahmadaliyev -56 kilogramm vazn toifasi, yarim final bosqichida kubalik bokschi Ramirez Robeysi bilan uchrashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:45-23:15da bo‘lib o‘tadi.

Bektemir Meliqo‘ziyev -75 kilogramm vazn toifasi, yarim finalda meksikalik sportchi Rodirigez Misayel bilan ringga ko‘tariladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:15-23:45da o‘tkaziladi.

Yengil atletika

O‘zbekistonlik yengil atletikachilardan Nadiya Dusanova va Svetlana Radzivil Balandlikka sakrash saralash bahslarini A va V guruhlarida o‘tkazishadi. Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 16:00 va 05:00da (19 avgust) bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, yana bir o‘zbekistonlik sportchi Leonid Andreyev to‘siqlar osha 110 metrga yugurish, disk uloqtirish, langar cho‘p bilan sakrash, nayza uloqtirish, 1500 metrga yugurish final bahslariga kirishadi. Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 17:30, 18:25-19:40, 21:25, 02:35-03:45 (19 avgust) va 05:45da (19 avgust) bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid