Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötayotgan Olimpiada öyinlari ham poyoniga yetay deb qoldi. Tört yillikning yirik sport musobaqasining 13-kunida sportçilar 22 töplam medallar şodasi uçun kuraş olib borişdi. 

Jamoalarning norasmiy reytingida AQŞ (38/35/32) jami 105ta medal bilan birinçi örinda mustahkam örnaşib olgan. Ikkinçi örinda Buyuk Britaniya (24/22/14) borayapti. Yetakçi uçlikni Xitoy (22/18/25) yakunlamoqda. Törtinçi örinda borayotgan Rossiya (13/16/19) öz örnini Germaniya termasiga (14/8/13) böşatib berdi. 
Özbekistonlik sportçilar ham şu kuni öz yönalişlari böyiça iştirokini davom ettirişdi. Xususan, yarim finalda iştirok etgan ikki nafar özbek boksçisi ham final yöllanmasini qölga kiritib, kamida kumuş medalni naqd qildi. 

Özbekiston Olimpiya terma jamoasi 2ta oltin bitta kumuş va 5ta bronza medali bilan umumjamoa reytingida 31-örinda bormoqda. 

Rio-de-Janeyro, Braziliya, 19-avgust, 2016-yil

Sportça yuriş, 50 km, erkaklar

1. Maçey Tot (Slovakiya)
2. Jared Tellent (Avstraliya)
3. Evan Danfi (Kanada)

Badminton, ayollar, yakkalik bahslar

1. Karolin Marin (Ispaniya)
2. Sindxu Pusarla (Hindiston)
3. Nozomi Okuxara (Yaponiya)

Suv polosi, ayollar

1.AQŞ
2. Italiya
3. Rossiya

Sinxron suziş, jamoaviy bahs

1. Rossiya
2. Xitoy
3. Yaponiya

Çim ustida xokkey, ayollar

1. Buyuk Britaniya
2. Niderlandiya
3. Germaniya

Futbol, ayollar

1. Germaniya