Murabbiy Gennadiy Trefilov boshchiligidagi gandbol bo‘yicha Rossiya ayollar terma jamoasi tarixda birinchi marotaba Olimpiada oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Rossiyalik sportchilar final uchrashuvida Fransiya terma jamoasini 22:19 hisobida mag‘lub etishdi.
Qayd etish joizki, rossiyalik gandbolchilar musobaqadagi barcha uchrashuvlarini g‘alaba bilan yakunlashgan.










