Jahon | 14:24 / 21.08.2016
17060
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada to‘yda yuz bergan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 50 nafarga yetdi

Turkiya janubidagi Gaziantep shahrida to‘y marosimi vaqtida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi mahalliy nashrlarga asoslanib xabar bermoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda 30 kishi halok bo‘lgani hamda 94 kishi jarohat olgani aytilgan edi.

Qayd etilishicha, odamlar to‘yda raqs tushayotgan vaqtda bomba portlagan.

Portlovchi qurilma xudkush terrorchi qiz tomonidan ishga tushirilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu terakt ortida IShID turgani haqida ma'lum qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid