Rossiyalik erkin kuraşçi, 86 kg vazn toifasida Riodagi Olimpiada ğolibi bölgan Abdulraşid Sadulayev öz yurti – Doğistonda köplab sovğalar bilan mukofotlanadigan böldi. Doğiston rahbari Ramazan Abdulatipov kuraşçiga ot sovğa qilişga va'da berdi.

Şuningdek, Olimpiya çempioniga pul mukofoti ham beriladi. Bu bilan sovğalar röyxati tugamaydi. 

20 avgustda Adbulraşid Sadulayev erkin kuraş böyiça oltin medalni qölga kiritdi. Sadulayev final bahsida turkiyalik kuraşçi Selim Yaşarni 5:0 hisobida mağlub etdi.