Avstraliyaning Viktoriya ştatida tryufel yetiştiriş bilan şuğullanuvçi fermer Styuart Danbar (Stuart Dunbar)ning aytişiça, u topgan qora tryufelning vazni 1.511 kg bölib, 2012 yili Fransiyada kovlab olingan 1.277 kglik qöziqorindan oğir bölgani bois, yangi jahon rekordini örnatgan. 

Styuart, tryufelning kötara narxi 2,200 AQŞ dollari atrofida bölganiga qaramay, uni sotiş niyati yöqligini ta'kidlagan. 

"Men uni tuzlayman va saqlab qöyaman", - degan Danbar Melburn radiosiga bergan intervyusida. 

Uning aytişiça, qöziqorin ziravorlik xususiyati va öziga xos ötkir hidi, bundan taşqari tanqisligi bilan qadrli hisoblanadi. 

"Agar siz taomingizga 3-5 gramm tryufeldan solsangiz, ajoyib ovqatni tanovul qilasiz", - deydi fermer. 

Danbarning maxsus örgatilgan iti qöziqorinni topganida, Danbar Melburndan 60 kmlar şarqda joylaşgan dalasida tryufellarini iliq havodan saqlaş çoralarini körayotgan bölgan. 

Qora tryufel, oq tryufeldan söng, dunyodagi eng qimmat qöziqorin hisoblanadi. 

Fermerning aytişiça, u bu yil juda köp şunday yirik tryufellarni kovlab olgan. Albatta, bunda uning barça şaroitlarni ta'minlagani asos bölgan. 

"Fikrimça, bunga mahsulot yetiştirişda e'tiborimni tabiiy jarayonlarga qaratganim sabab böldi. Men pestitsid va herbitsidlardan umuman foydalanmadim", -deb ta'kidlagan fermer. 

Bir paytlar qimmatbaho toşlar mutaxassisi bölgan Danbar, tryufel qöşilgan kartoşkali taomni tanovul qilgaç, uşbu qöziqorinni yetiştiriş bilan şuğullanişni boşlagan.