Qirğiziston hukumati respublika maktablarida darsliklar tanqisligi sabab, öquv kitoblarini ijaraga beriş mexanizmini joriy qilişni taklif etmoqda.  

"Har yili darsliklarni çop etiş moliyalaştirilişiga qaramay, öquv kitoblarining tanqisligi dolzarb masaladan biri bölib qolmoqda. Şu munosabat bilan bu muammoni hal etiş böyiça zaruriy çoralar köriş lozim", - degan Qirğiziston boş vaziri Sooronbay Jeenbekov hukumat yiğilişida. 

Uning sözlariga köra, 2012-yili Qirğiziston maktablarini darsliklar bilan ta'minlaşga 36,5 mln som (530 ming dollar) ajratilgan bölsa, 2015-yili bu raqam 130 mln som (1,9 mln dollar)ni taşkil etgan. Biroq, öquvçilarning darsliklar bilan ta'minlanganlik darajasi 79,6 foizni taşkil etmoqda.

"Bu vaziyatda, kitoblar ijarasini taşkil etiş – eng arzon va darslik bilan ta'minlaşning xalqaro tajribadan ötgan usulidir. Ekspertlarning hisoblariga köra, iş töğri yölga qöyilsa, 5 yil içida tanqislikni bartaraf etiş mumkin böladi. Davlat byudjyeti esa faqatgina 20 foiz mablağni ajratişi kifoya qiladi. U ham bölsa, internat, mehribonlik uylari va kam ta'minlangan oilalar uçun ajratiladi", - deb qayd etgan boş vazir örinbosari Gulmira Kudayberdiyeva. 

Bugungi kunda, Qirğizistonda 2027ta örta maktab faoliyat yuritadi.