AQŞ prezidentligi uçun saylovda Demokratlar partiyasidan nomzod bölmiş Hillari Klinton ABC telekanalidagi jonli efirda bodring bankasini oçib, soğliği yomonligi töğrisidagi xabarlar yolğonligini körsatib berdi.
Klinton boşlovçining salomatligi haqidagi savollarga hazilomuz javob qaytardi.
U raqibi Donald Tramp va uning tarafdorlarining fikriga qarşi çiqqan. Ular Klintonning soğliği bilan muammolari mavjudligini va agarda saylovda ğolib çiqsa, bu uning Oq uydagi tölaqonli işiga öz ta'sirini ötkazişini qayd etişgan edi.
«Mening tomir urişimni tekşirib köring va binoyidek ekanligimga işonç hosil qiling!» — dedi u.
Klinton boşlovçi Jimmi Kimmelning taklifini qabul qilgan holda tuzlangan bodring bankasini oçdi va salomatligi joyidaligini namoyiş etdi.
















