Janubiy koreyaliklarning 54 foizi mamlakat hukumatining respublika hududida AQŞning THAAD raketalarni urib tuşiruvçi tizimini joylaştiriş qarorini qöllab-quvvatlagan. Biroq, köpçilik Xitoy bilan munosabatlar yomonlaşuvidan xavotir bildirgan. 

Respublikada ötkazilgan ijtimoiy sörov natijalari şundan dalolat qilmoqda. Yonxap agentligining xabariga köra, "Asan" siyosatşunoslik instituti ötkazgan sörovda 19 yoşdan katta bölgan 1000 kişi iştirok etgan. 
Ularning 53,6 foizi THAAD rejasini ma'qullagan. Söralganlarning 36,6 foizi bu rejalarni ma'qullamagan. 

Janubiy Koreyada RQM tizimlarini örnatiş tarafdorlarining 69,9 foiziga köra, KXDR yadro va raketa tahdidlariga qarşi THAAD tizimlarini joylaştiriş lozim. 12,9 foizi  AQŞ bilan harbiy hamkorlik ham muhimligini ta'kidlaşgan. 7,8 foiz kişi esa, şunçaki hukumatga işongani sabab, raketalarga qarşi mudofaa tizimlarini joylaştiriş rejasini ma'qullaşini bildirgan. 

Yonxap agentligiga köra, söralganlarning 71,8 foizi Xitoy javob çoralari körişi mumkinligini aytişgan. 

Koreya hukumati ma'lumotlariga köra, THAAD tizimini 2017-yil oxirigaça Janubiy Koreya hududida örnatiş rejalaştirilgan.