Buyuk Britaniyada Yer yuzidagi eng yirik havo kemasi Airlander 10 sinov parvozlarini amalga oshirayotgan vaqtda halokatga uchragan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Xabarlarga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan.
Ulkan dirijabl o‘tgan haftada havoga ko‘tarilgan, uning parvozi muvaffaqiyatli yakunlangan edi.
Ishlab chiqaruvchining ma'lumotlariga binoan, Airlander 10ning uzunligi 90 metr bo‘lib, soatiga 148 km tezlikda parvoz qila olardi.







