Turkiya Suriyaning Jarablus shahrini terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha o‘tkazayotgan harbiy operatsiya doirasida AQSh harbiy-havo kuchlarining A-10 va F-16 harbiy samolyotlari aviazarbalar amalga oshirdi. Bu haqda Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Manbaning aytishicha, samolyotlar shaharni IShID jangarilaridan ozod qilishda ishtirok etayotgan turk harbiylari va suriyalik kurdlarni aviazarbalar bilan qo‘llab-quvvatlagan.

Ta'kidlanishicha, AQSh samolyotlari jangarilar pozitsiyalariga 8 ta zarba bergan.