2016—2017 o‘quv yillari uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlarining natijalari 20 avgust kuni e’lon qilindi. Kimdir talaba bo‘ldi, kimdir esa yo‘q.
Albatta, talaba bo‘la olmaganlarning kayfiyati yomon bo‘lishi shubhasiz. Ammo imtihondan yiqilish — yakun degani emas.

Buni ko‘rsatish maqsadida, «Fast and Easy» o‘quv markazi bir necha yil imtihon topshirib, talaba bo‘la olmagan va shu o‘quv markazda ta’lim olib, talabalik baxtiga erishgan o‘z o‘quvchilarining fikrlari bilan bo‘lishmoqda.

Salahuddinov Sherali: Men 23 yoshdaman. «Fast and Easy» o‘quv markaziga kelganimda o‘qishdan bir necha marta yiqilib, o‘qishga kirishdan umidimni butkul uzib, Rossiyaga borib 2 yil ishlab, u yerda ham omadim yurishmasdan kelgan vaqtim edi.

Mana bugun men nafaqat Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetiga yuqori natijalar [7,5 IELTS] bilan kirdim, balki ingliz tilida tarjimalar, dars berish orqali qo‘shimcha daromad manbaiga ham ega bo‘ldim.

Eng asosiysi keljagimni aniq tassavvur qilmoqdaman hamda qat’iy rejlarim bor. Buning uchun eng avval ushbu o‘quv markaziga chin qalbimdan tashakkur bildiraman. 

Botirov Ahmadjon: Ikki yil o‘qishga topshirib, omadim kelmagach, do‘stimning tavsiyasi bilan «Fast and Easy» o‘quv markaziga keldim va ingliz tili hamda matematikani o‘rganishni boshladim. 11 oyda IELTS topshirib 6,5 ball olishga muvaffaq bo‘ldim.

Shukrki mana bugunda Janubiy Koreya davlatidagi Sejong universitetiga qabul qilindim, bundan tashqari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga ham imtihonlaridan muvafaqqiyatli o‘tdim.

Endi buyog‘iga o‘ylab ko‘rib, ikki ta’lim dargohidan birini tanlashim qoldi.

Usmonov Otabek: Men ham «Fast and Easy» o‘quv markazida ingliz tilini o‘rganganib IELTS bo‘yicha 7 ballik sertifikatni oldim hamda 2 ta ta’lim dargohi — Toshkent shahridagi Vestminster Universiteti, Toshkent Moliya Institutiga o‘qishga kirdim. Juda ham xursandman. «Fast and Easy»ga rahmat.