"Bugun bizning buyuk millat oldida kamida 5 ta muammo turibdi: bulardan birinchisi – Rossiya tomonidan bildiriladigan tajovuz va zo‘ravonlikni qo‘llashga qarshi turishdir, ayniqsa Yevropada", deb aytdi Karter.
Karterning aytishicha, ikkinchi muammo "jahon aholisining yarmi yashaydigan va jahon iqtisodiyotining yarmi harakat qiladigan, hayotiy muhim Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi tarixiy o‘zgarishlarni uddalay olish" zarurati hisoblanadi.
"Xitoyning o‘sishi – bu ajoyib, biroq uning tajovuzkor harakati – yo‘q", deb ta'kidlab o‘tdi Karter.
Karter AQSh oldida turgan muammolar orasida "Shimoliy Koreya tomonidan yadroviy va ballistik ig‘volar oldida imkoniyatlarni kuchaytirish" zarurati, Eron tajovuzi va Eronning Fors ko‘rfazi mintaqasiga ta'sirini monitoring qilish hamda terrorchilikka karshi kurashish bor.











