Turkiyaning janubidagi eng yirik şahar – Diyorbakirning aeroporti 27 avgust kuni keçki payt raketalardan öqqa tutildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Aeroportdagi politsiya nazorat-ötkaziş punktiga 4 ta raketa otilgan. Xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida yölovçilar va aeroport xodimlari terminallarga joylaştirildi.
Raketalar yaqin oradagi böş yotgan joyga tuşgan. Jabrlanganlar va vayronalar bölmagan, parvozlar jadvali buzilmagan. Aeroport asosan içki reyslarga xizmat körsatadi.
Hujum uçun javobgarlikni hozirça heç kim öz zimmasiga olmadi. Ma'lumki, bu hududda 30 yildan beri kurd isyonçilari va turk kuçlari kuraşib keladi.
Bundan 3 kun avval Turkiya Suriya şimolida terrorçilar va kurd ayirmaçilariga qarşi harbiy operatsiyani boşlagandi.













