Britaniyalik sportçi Nik Tomas La-Manş böğozini yolğiz suzib ötişga harakat qilib, halok böldi. Uni Fransiya qirğoqlaridan 10 mil masofada (16 kilometrga yaqin) huşsiz holatda topişgan. Bu haqda BBC News xabar tarqatdi.

Tomas 27 avgust kuni tongida Buyuk Britaniyadagi Duvr portidan suzişga çiqqandi. Taxmin qilinişiça, u startdan 16 soat ötib qiynala boşlagan va huşidan ketgan. Tomas kasalxonaga keltirilgan, ammo uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan.

Uning ölimi haqidagi xabar Buyuk Britaniya TIV tomonidan tasdiqlangan.

Şuningdek, Fransiya taşqi işlar vazirligi britaniyalik sportçining oilasiga yordam berişga tayyorligini ma'lum qilgan.

Shropshire Star naşri yozişiça, Tomas 45 yoşda edi, u quriliş kompaniyasida işlagan. Şuningdek, triatlon böyiça musobaqalarda iştirok etgan. Tomas La-Manşdan 2014 yilda ham suzib ötgan edi. Böğozning uzunligi 540 kilometrni taşkil qiladi.