Liviya armiyasining IŞID jangarilari bilan Sirt şahridagi janglarida kamida 34 harbiy halok böldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanişiça, 180 dan köproq askar yaralangan.
Agentlik manbasi ma'lumotlariga köra, asosan Misrat şahridan bölgan liviyalik brigadalar Sirtda ğalaba qilişga yaqin turibdilar, biroq ular jangarilar bilan janglarda ba'zi muammolarga duç kelganlar.
Harbiylarning ta'kidlaşiça, terrorçilar kamida beşta avtomobilni portlatmoqçi bölgan hamda ular tomondan jangga xudkuşlar kirmoqda.
Liviya harbiylari 28 avgustda IŞIDning Sirtdagi pozitsiyalariga katta kölamli hujumni boşlaşdi. Şaharda jangarilarga qarşi janglar iyun oyidan beri olib borilmoqda. Ayni vaqtda harbiylar jangarilardan şaharning katta qismini qaytarib olişga muvaffaq böldilar.













