Bugungi kunga kelib, qaroqçilik muammosini örganiş bilan şuğullanuvçi Oceans Beyond Piracy taşkiloti ötkazgan tadqiqot natijalariga köra, Gvineya körfazi kemaçilik uçun eng tahdidli joyga aylangan. Time jurnali Chatham House hisobotiga tayangan holda yozişiça, qaroqçilik tufayli Nigeriya hukumati kuniga 400 ming barrel neftni yöqotadi. Şu bilan, uşbu mamlakat oyiga 1,5 mlrd dollarni boy bermoqda.
XX asr oxirlariga kelib, jahon neft narxlari kötarilişi va Niger daryosi quyi qismida neft qazib olişning rivojlanişi qora oltin mojarosini keltirib çiqardi. Bir tomonda igbo va ijo qabilalari ikkinçi tomondagi atrof-muhit isloslanişiga e'tibor bermagan neft kompaniyalariga qarşi kuraşni avj oldirişdi. Natijada, norozilik kayfiyatidagi harakatlar va guruhlar paydo bölib, ular öz noroziliklarini tinç usullar yordamida izhor qilişdi.
Biroq, 2000-yillar örtalariga kelib, daryo deltasida bir neçta harbiylaşgan tuzilmalar paydo böldi. Ular neft konlariga qurolli hujum qiliş bilan şuğullanib kelişmoqda.













