Osiyo Taraqqiyot banki Qozoğiston transport tizimini modernizatsiya qilişda kömak beriş maqsadida 240,3 million dollarlik kredit liniyasini ajratişga qaror qildi. Mazkur infratuzilma respublikaning Şarqiy Osiyo bozorlari, Kaspiy mintaqasi hamda Yevropa bilan savdo aloqalarini kengaytirişga imkon berişi kerak, deb xabar qilgan OTB matbuot xizmati. 

Qayd etilişiça, loyiha doirasida Aqtöbe-Makat yölining 300 kmga yaqin vayrona holiga kelib qolgan qismi tiklanadi. Şu bilan Ostona va Aqtöbe şaharlari örtasidagi transport aloqasi qaytadan yölga qöyiladi. Bundan taşqari, yirik neft qazib oluvçi va mineral tabiiy zaxiralarga boy Atirau hamda mamlakatning yagona xalqaro savdo porti Aktau şaharlari özaro boğlanadi. 

OTB ma'lumotlariga köra, mazkur magistral yöl  Boku – Astraxan – Atirau – Aqtöbe – Aktau — Turkmaniston çegarasi Transkaspiy tranzit yölagi hisoblanib, Qozoğistonni ğarbda Ozarbayjon va Yevropa bilan, şimolda Rossiya, janubda Turkmaniston bilan boğlaydi.