Özbekiston tomoni  Moskvadagi yonğinda 14 nafar qirğizistonlik, Bişkek—Öş yölidagi avtohalokatda töqqiz kişi halok bölgani munosabati Qirğizistonga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

"2016 yilning 29 avgust kuni Toşkent şahridagi Qirğiziston Respublikasi elçixonasida 27 avgust kuni Moskva şahridagi yonğin va Bişkek-Öş avtomobil yölida yöl-transport hodisasi oqibatida qurbon bölgan Qirğiziston fuqarolari xotirasiga mamlakatda e'lon qilingan motam kuni munosabati bilan oçilgan Hamdardlik kitobiga Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi nomidan qayd kiritildi", deyilgan xabarda.

27 avgust, şanba kuni ertalab Moskvaning Altufevsk şossesida joylaşgan «Peçatniy ekspress» MÇJ bosmaxonasiga qaraşli omborda röy bergan yonğin oqibatida 17 kişi halok böldi. Qurbonlarning 14 nafari Qirğiziston fuqarolari edi.

29 avgust kuni mamlakatda motam kuni deb e'lon qilindi.