Vazirlik xabarida barcha kasallanganlar Singapur shimolidagi bir tumanda ishlashgani yoki yashashgani aytilgan. Sog‘ayib ketgan ikki kasal qurilish maydonchasida ishlagan. 

Singapurlik shifokorlar 27 avgustda Singapurda ishlaydigan malayziyalik 47 yoshli ayolda virus borligini aniqlashgan. Vazirlikda aytilishicha, ayol xorijga chiqmagani sababli u Singapurda kasallangan.

28 avgustda vazirlikda kasallanishning yangi holatlari bo‘lgani aytilgan, bunda ko‘pchilik kasallanganlar, ya'ni 36 kishi Singapurning Aljunid aholi punktida ishlagan xorijlik quruvchilar bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 34 kasal sog‘ayib ketgan, qolganlari esa shifoxonalarda qolmoqda. Vazirlik aholini yana boshqa kasallanish holatlari bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.