Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev konstitutsiyaga özgartiriş kiritişgina respublikaga çin ma'noda mustaqil bölişga imkon beradi, deb hisoblaydi. 

Iyul oyida hukmron parlament koalitsiyasiga kiruvçi bir neça partiyalar Qirğiziston konstitutsiyasiga özgartiriş kiritiş taklifi bilan çiqişdi. Prezident Atambayev uşbu taşabbusni qöllab-quvvatladi. Biroq mamlakatdagi bir qator siyosatçilar prezident atrofidagi kişilarni hokimiyatni öz qölida saqlab qoliş manfaati yölida Asosiy qonunni qayta yaratişga urinişda ayblab, bu ğoyani qöllab-quvvatlaşmadi.

“Agar biz mamlakatimiz butkul mustaqil bölişi, Qumtorni (yirik oltin koni) öğirlaganlar qonun oldida javob berişi, sud va huquqni muhofaza qiliş organlar islohoti oxiriga yetkazilişi, hukumat esa har yili özgarmay, barqaror faoliyat yuritişini istasak, u holda konstitutsiyani özgartiriş kerak”, - dedi Atambayev mamlakat Mustaqilligining 25 yilligini nişonlaş munosabati bilan ötkazilgan bayram tadbirida.

Prezidentning ta'kidlaşiça, 2010 yilda davlat töntaruvidan keyin qabul qilingan konstitutsiyada “avtoritar rejim yaratiş uçun barça şaroitlar yaratilgan”. “Bu konstitutsiya mualliflaridan birining ruhiy holatidan kelib çiqqan. Şu bois ham eng avvalo uni özgartiriş kerak”, - dedi u. 

Sönggi 25 yil içida Qirğiziston konstitutsiyasi sakkiz marta özgargan. Konstitutsiyaning joriy tahririyati Venetsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va xalq referendumida qabul qilingan. Unda mamlakat Asosiy qonunini 2020 yilgaça özgartirişni taqiqlovçi punkt bor. Joriy özgarişlar taşabbuskorlari mamlakat boş vazirining vakolatini kuçaytiriş hamda deputatlik faoliyatini boş vazir yoki boş vazir örinbosari lavozimi bilan birga olib borişga imkon yaratişni taklif qilişmoqda. Mamlakatning sud tizimi va konstitutsion sud faoliyatiga doir bölimlarga sezilarli özgarişlar kiritiş közlanmoqda.