O‘zbekiston | 08:31 / 02.09.2016
106455
1 daqiqa o‘qiladi
Vazirlar Mahkamasi prezidentning ahvoli og‘irlashganini ma'lum qildi
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning ahvoli og‘irlashgan. Bu haqda mamlakat hukumati davlat nashrlari orqali ma'lum qildi.
"Avval xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘tgan shanba kuni insult kasalligi bilan davolanishga yotqizilgan edi.
Aziz vatandoshlar, chuqur qayg‘u bilan shuni ma'lum qilamizki, o‘tgan sutkada Prezidentimizning sog‘lig‘i birdaniga yomonlashdi va shifokorlar vaziyatni o‘ta og‘ir deb baholamoqda", deyilgan "Xalq so‘zi" gazetasining ertalabki sonida.
Shuningdek, bu so‘zlar "Pravda Vostoka" hamda "Narodnoye slovo" nashrlarida ham aynan keltirilgan.