Samarqand aeroportida şanba kuni barça parvozlar bekor qilinadi. Bu ma'lumot Özbekiston Davavianazorat tomonidan tasdiqlangan.

«AQŞ fuqaro aviatsiyasi (FAA) boşqarmasining uçuvçilarga bergan xabarnomasi (NOTAM) ma'lumoti töğri, Samarqand aeroporti 3 sentabr kuni yopiladi», — degan Davavianazorat vakili.

Bundan oldinroq AQŞ fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi saytida Samarqanddagi aeroport uşbu sanaga belgilangan rasmiy parvozlardan taşqari barça qönuvçi va uçib ketuvçi samolyotlar uçun yopilişi, uşbu kunga belgilangan barça ruxsatnomalar bekor qilinişi haqida xabar berilgandi.

Mazkur çeklov şanba kuni Toşkent vaqti bilan soat 00.01dan 3 sentabr kuni soat 23.59gaça amal qiladi.

Samarqand Özbekiston Prezidenti Islom Karimov tuğilgan şahar hisoblanadi. 3 sentabr kuni uşbu şaharda prezidentning dafn marosimi ötkaziladi.