Eron oliy rahbari Ali Xominaiyning çorşanba oqşomiga belgilangan davlat dafn marosimi noma’lum muddatga qoldirildi, deb xabar berdi Eron davlat matbuotiga tayanib BBC.

Motam marosimlari uç kun davom etişi kerak edi va ertalab ijtimoiy tarmoqlarda hamma narsa tayyor bölgani aks etgan suratlar tarqaldi. Ammo taşkilotçilar kutilmaganda marosim zarur infratuzilma yaratilmagunça qoldirilganini ma’lum qildi.

Eronning Tasnim axborot agentligi xabariga köra, keçikişlar logistika muammolari, xususan, turli viloyatlardan Xominaiy bilan xayrlaşişni istagan minglab odamlar çorşanba kuni Tehronga yetib borişga ulgurmayotgani bilan boğliq.

Biroq, ekspertlarning fikriça, keçikiş Isroil mudofaa vaziri Israel Katsning çorşanba kuni Xominaiyning vorisi etib saylangan har qanday rahbarni yöq qiliş tahdidi bilan boğliq bölişi mumkin.

«Eron terrorçilik rejimi tomonidan Isroilni yöq qiliş rejasini davom ettiriş, AQŞ, erkin tinçlik va mintaqa mamlakatlariga tahdidlar, şuningdek, Eron xalqini bostiriş uçun tanlangan har qanday rahbar, uning ismi va yaşiriniş joyidan qat’i nazar, yöq qiliş uçun kafolatlangan nişonga aylanadi», deb yozdi Kats ijtimoiy tarmoğida.

Avvalroq OAV Eronning oliy yetakçini saylaş uçun mas’ul bölgan maxsus organi - Ekspertlar kengaşi Ali Xominaiyning vorisligiga uning öğli Möjtabani asosiy nomzod sifatida körib çiqayotgani haqida xabar bergan edi.

New York Times ma’lumotlariga köra, Ekspertlar kengaşi öz qarorini çorşanba kuni ertalab e’lon qilişga tayyor bölgan, biroq bu kiçik Xominaiyni AQŞ va Isroil zarbalarining yangi nişoniga aylantirişidan xavotirlanib, e’lonni keçiktirgan.

86 yoşli Ali Xominaiy 28 fevral kuni AQŞ va Isroilning Tehronga uyuştirgan qöşma aviazarbalari oqibatida halok böldi.

Ali Xominaiy qayerga dafn etiladi?

Dafn marosimining yangi sanasi hali e’lon qilinmagan, ba’zi xabarlarga köra, u juma kuniga köçirilişi mumkin, ammo hozirça rasmiy tasdiq yöq. Şuningdek, avval rejalaştirilgan yondoş marosimlar qanday hajmda ötkazilişi ham aniq emas.

Dafn marosimi 4 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boşlanişi kerak edi. Ijtimoiy tarmoqlarda allaqaçon marosimga tayyorgarlik jarayoni aks etgan suratlar paydo böldi. Xominaiy qadrdon şahri Maşhadda dafn etilişi kutilmoqda.