Xitoyda 31 mart kuni yangi qonun kuçga kiradi, unga köra oilalarga marhum qarindoşlari xokini köp qavatli uylardagi böş xonadonlarda saqlaş taqiqlanadi. Bu haqda Financial Times (FT) gazetasi yozdi.
Mamlakatda bunday amaliyot aholining tez qarişi va qabristondagi joylar narxining oşişi fonida paydo böldi, buning natijasida turar joy xonadonlari jasad xokini saqlaş uçun jozibali joyga aylangan edi. Xitoyda urbanizatsiyaning kuçayişi şahar qabristonlari sonini çeklagan bölsa-da, ularga bölgan talabning oşişiga olib keldi.
Bundan taşqari, Xitoy hukumati fuqarolarga turar joylarni 70 yilga foydalanişga beradi, qabristonlardagi joylar esa 20 yilga ijaraga beriladi.
Yangi qonun xitoyliklarni dafn etişning muqobil usullarini, xususan, «ekologik qabrlarni» tanlaşga undaydi. Bunday amaliyotlarga dengiz ustida xokni sepib yuboriş kabilar kiradi.
Qonun an’anaviy Sinmin bayrami arafasida kuçga kiradi, u 2026 yilda 5 aprelga töğri keladi. Şu kuni xitoyliklar ajdodlar qabrini ziyorat qiladi.
FT ta’kidlaganidek, Xitoyda aholi qarişining eng tez sur’atlaridan biri qayd etilgan. 2025 yilda mamlakatda 7,9 million çaqaloq tuğildi va 11,3 million kişi vafot etdi. Yil yakuniga köra, aholining umumiy soni qariyb 1,4 mlrd kişini taşkil etdi.
FT 2025 yil iyul oyida Xitoy bolalar boğçalarida tört yil içida tuğilişning keskin pasayişi tufayli tarbiyalanuvçilar soni 25 foizga kamayganini yozgan edi. Bu butun mamlakat böylab ön minglab maktabgaça ta’lim muassasalarining yopilişiga olib keldi.

















