G20 (katta yigirma) mamlakatlari savdoni yengillashtirish bo‘yicha xalqaro kelishuvni 2016 yil oxirigacha ratifikatsiya qilishga va'da berishmoqda. Bu haqda, RIA Novosti agentligi G20 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan kommyunikega asoslangan holda xabar qilmoqda.

"Biz xalqaro savdo jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni 2016 yil oxirigacha ratifikatsiya qilish maqsadiga sodiqmiz va Jahon savdo tashkilotining boshqa a'zolarini ham shunday qilishga chaqiramiz", — deyiladi hujjat matnida.