Eng ko‘p o‘z joniga qasd qiluvchi kishilar yashaydigan mamlakatlar bo‘yicha jadval tuzildi. Bu jadval Insider Pro'da taqdim etilgan. 

Unga ko‘ra, birinchi o‘rin Gayanaga tegishli. Gayana - Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy qirg‘oqlaridagi kichik davlat. 

Reytingning ikkinchi pog‘onasida Shimoliy Koreya qayd etilgan. Undan keyingi o‘rinlarni esa Janubiy Koreya, Litva va Shri-Lanka mamlakatlari egallagan. 

Eng ko‘p o‘z joniga qasd qiluvchi kishilar ro‘yxatining so‘nggi pog‘onalaridan arab davlatlari - Kuvayt, Suriya va Saudiya Arabistoni mamlakatlari o‘rin olgan.