Turkiya harbiy-havo kuçlari Iroq şimolida ötkazilgan amaliyot orqali 12ta nişonni yöq qilgan. Reyter agentligi xabariga köra, bu nişonlar Kurdiston işçilar partiyasiga tegişli edi.

Agentlik ma'lumotiga köra, bu amaliyotlar Metin va Xakurk tumanlarida joylaşgandi.

Batafsil ma'lumotlar keltirilmagan.

Turkiya Kurdiston işçilar partiyasi faoliyatini taqiqlagan. Partiya mamlakatda qator teraktlar sodir etişda ayblangan. Partiya jangarilari 2015 yili sodir etilgan teraktdan keyin özaro ziddiyatlar yangilandi.

Turkiya boş ştabi ötgan vaqt içida 6 mingdan ortiq kurd jangarilarini yöq qilgani haqida ma'lum qilgan. Özaro töqnaşuvlar oqibatida 700dan ortiq harbiy politsiyaçi va harbiylar halok bölgan.