Jamiyat | 09:05 / 07.09.2016
12754
1 daqiqa o‘qiladi
Mashhur "Cho‘qintirgan ota" filmidagi uy sotuvga qo‘yildi
AQShning Beverli-Xillz tumanida joylashgan va bir vaqtlar Uilyam Xerst ismli kishiga tegishli bo‘lgan hamda mashhur "Cho‘qintirgan ota" filmida suratga olingan uy sotuvga qo‘yildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Uyning hozirgi egasi Leonard Ross uy uchun 195 mln dollar so‘ramoqda. Ross uyni oyiga 600 ming dollardan ijaraga berib kelayotgan bo‘lgan. Uyning umumiy maydoni 4,5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi hamda unda 28 ta yotoqxona va 38 ta yuvinish xonasi mavjud.
Bundan tashqari, uy AQShning sobiq prezidenti Jon Kennedi va uning rafiqasi Jaklin Kennedi o‘z asal oyini o‘tkazgani bilan ham mashhurdir. Uyda shuningdek "Tansoqchi" filmi lavhalari suratga olingan.