Maşhur qöşiqçi Elvis Preslining Beverli-Xillzda joylaşgan uyi ijaraga berilmoqda. Bu haqda TMZ xabar qildi.

Ma'lum bölişiça, şu uyda bir keçani ötkaziş uçun 4 ming dollarni tölaş talab etiladi. Biroq, kişilarga uyni beş kundan kam bölgan muddatga ijaraga oliş taqiqlangan.

Aniqlik kiritilişiça, uyda törtta yotoqxona, oltita vannaxona, şuningdek, hovuz va spa bor.

Avvalroq Elvis Preslining şaxsiy samolyoti auksionda sotilişi xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, Presli 1977 yilda 42 yoşida vafot etgan va hanuzgaça dunyodagi eng maşhur qöşiqçilardan biri sanaladi.