Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç va uning yaqinlari davlat byudjyetidan deyarli 200 milliard grn (taxminan 7,4 milliard dollar) summani ömarişga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Bu haqida Ukraina davlat moliya monitoringiga asoslanib, RIA “Novosti” ma'lum qildi. 

“Jinoyatçilik yöli bilan olingan daromadlarni legallaştiriş bilan boğliq bölişi mumkin bölgan moliyaviy operatsiyalar summasi 199,4 milliard grivnani taşkil qilmoqda”, - deyiladi xabarda. 

Davlat moliya monitoringi ma'lumotlariga köra, tergov davomida (2014 yilning martidan 2016 yilning avgustiga qadar) Ukraina huquqni muhofaza qiliş idoralariga 461 material yöllangan va 1,52 milliard dollarlik hisob raqamlari bloklab qöyilgan. 

Bundan taşqari, Avstriya, Buyuk Britaniya, Latviya, Italiya, Lixtenşteyn, Şveytsariya, Niderlandiya va Kiprda barça gumondorlarning umumiy miqdori 107,2 million dollar, 15,9 million yevro va 135 million şveysar franklari muzlatilgan.