Ukrainaning aviasozlik korxonasi «Antonov» prezidenti Aleksandr Kotsyubaning ogohlantirişiça, samolyotlarga servis xizmati körsatiş bitimi bekor qilinsa, Rossiyaning An-124 samolyotlarining xorijga parvozini taqiqlab qöyadi.
«Ukroboronprom» tarkibiga kiruvçi «Antonov» aviasozlik korxonasi Rossiyadagi An-124-100 «Ruslan» transport havo kemalari egalari, Ukraina işlab çiqaruvçisining servis xizmatidan boş tortadigan bölsa, «Antonov» boşqaruvi mazkur havo laynerlarining xorijga parvozini taqiqlab qöyadi.
Uning sözlariga köra, hozirda An-124-100 egalari «Ruslan» samolyotlariga texnik jihatdan xizmat körsatişni ularni işlab çiqargan Ukraina kompaniyasi emas, balki «Ilyuşin nomidagi aviatsiya majmuasi» OAJ bajarişi borasida «faol urinişlar»ni olib borayapti.
«Ular bu kabi qoidalarni, qonunlarni öz mamlakatlarida xohlagança özgartirişi, tuzatişi mumkin. Ammo, masalaning boşqa tomoni ham bor. Biz, işlab çiqaruvçi sifatida mazkur samolyotlarning RFdan taşqarida parvozini taqiqlab qöyişimiz mumkin», — degan Kotsyuba.

















