AQŞ Mudofaa vaziri Eşton Karter ma'lum qildiki, Liviya qurolli kuçlari Sirt şahrini IŞID jangarilaridan ozod etiş arafasida turişibdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

«Men ular (liviyalik harbiylar) tez vaqt içida şaharda qarşilik körsatayotgan kuçlarni yengişini kutayapman», — degan Karter.

U şuningdek, şahar ozod qilinganidan keyin ham AQŞ Liviya hukumatiga yordam körsatişda davom etişini ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, jangarilarga qarşi Sirtda olib borilgan janglar vaqtida Liviya armiyasining 34 nafar harbiysi halok bölgani haqida xabar berilgandi.

Liviya harbiylari 28 avgust kuni Sirtdagi IŞID jangarilariga qarşi keng kölamli hujum boşlagani haqida e'lon qildi. Harbiy harakatlar hududda şu yilning iyun oyida boşlangandi. Ayni vaqtda Liviya qurolli kuçlari jangarilarning katta qismini şahardan surib çiqargan.