Özbekiston respublikasi boş vaziri Şavkat Mirziyoyev 7 sentabr kuni «Boing – fuqaro samolyotlari» kompaniyasi prezidenti Reymond Konnerni qabul qildi. 

Özbekiston respublikasining birinçi prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov vafoti munosabati bilan Reymond Konner «Boeing» kompaniyasi nomidan Özbekiston hukumati va xalqiga çuqur hamdardlik bildirdi. 

«Boeing» kompaniyasi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida erişilgan yuqori darajadagi özaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik mamlakatning birinçi prezidenti Islom Karimov qöşma loyihalarni har tomonlama qöllab-quvvatlagani samarasi ekani ta'kidlandi. 

Bugun «Boeing» kompaniyasi Özbekistonning yölovçi taşiydigan zamonaviy samolyotlar yetkazib beriş, ulardan foydalaniş va xizmat körsatiş borasidagi işonçli hamkori hisoblanadi. «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi ayni paytda 15ta «Boeing» samolyotidan foydalanmoqda. Milliy aviakompaniya tomonidan amalga oşirilayotgan barça taşuvlarning yarmidan köpi aynan uşbu havo laynerlari hissasiga töğri kelmoqda va bu aviakompaniyamizning mintaqadagi yirik hamda jadal rivojlanayotgan aviakorxonalardan biri sifatidagi örnini mustahkamlaşda alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida milliy aviakompaniya samolyotlari safiga eng zamonaviy va şinam «Boeing 787 Dreamliner» havo kemasi ham qöşildi. Mazkur layner şu yilning 5 sentabridan Urganç, Buxoro va Nukus şaharlariga dastlabki parvozlarni amalga oşirgan bölsa, kelgusi haftadan xalqaro aviayönalişlarga qatnay boşlaydi. Joriy yilning noyabr oyida esa Özbekistonga ikkinçi «Dreamliner» keltiriladi. 

Özbekistonda, jumladan, milliy aviakompaniya öquv-maşğulot markazini kompleks trenajyor uskunalari bilan ta'minlaş orqali uçuvçi va mutaxassislar tayyorlaş böyiça hamkorlikda samarali işlar olib borilmoqda. 

Şu yilning yanvar oyida yangi qöşma loyiha – «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasi bazasida zamonaviy samolyotlar konstruksiyasining yirik kompozit materiallarini ta'mirlaş böyiça mintaqaviy markaz işga tuşirildi. 

Reymond Konner qöşma loyihalar qöllab-quvvatlanayotgani uçun samimiy minnatdorlik bildirdi va u rahbarlik qilayotgan kompaniya özbekistonlik hamkorlar bilan özaro manfaatli hamda samarali hamkorlikni davom ettirişga tayyor ekanini ta'kidladi.