NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg alyans batalonlarining Boltiqböyi davlatlari va Polşada joylaştirilişi Rossiyaning harbiy intilişlari bilan boğliq, deb aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
"NATOning 4 ta batalonining Boltiqböyi davlatlari va Polşada joylaştirilişiga sabab şuki, biz Rossiyaning harbiy intilişlari, uning öz kuçini qöşnilariga nisbatan qöllaş istagini kördik", deb aytdi Stoltenberg Tbilisidagi xalqaro anjumanda.
U bu fikrini Gruziyaga nisbatan ham aytdi va uni nima uçun NATO a'zosi bölişni istayotganini tuşungani aytdi.
"Sen bir kiçkina davlat bölsangu, sen bilan şunday katta davlat çegaradoş bölsa, xavfsizlik uçun asos kerak va sen alyansning jamoaviy xavfsizligi a'zosi bölişni istaysan", deb ta'kidlab ötdi Stoltenberg.
Stoltenberg NATO Gruziyaning bosib olingan hududlarining mustaqilligini heç qaçon tan olmasligini aytdi.
NATO davlatlari yetakçilari 8 iyulda Boltiqböyi davlatlari va Polşada 4 ta batalon yaratişga kelişib olgandilar. Bunda mintaqaning har bir davlatiga dastlab faqat bir davlat: Latviyaga Kanada, Litvaga Germaniya, Estoniyaga Buyuk Britaniya, Polşaga AQŞ qöşinlari yuboriladi.

















