Turkiya hukumati qişki vaqtga ötişni bekor qildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bergan.
Turkiya vazirlar mahkamasining 2016 yil martidagi «Vaqtni tartibga soliş töğrisida»gi qarori 2016 yil oktabrida soat millarini yarim soat orqaga qaytarişni közda tutgan edi. Ammo bu qaror bekor qilindi.
2016 yil 27 martida butun mamlakat ötgan yozgi vaqt yil oxirigaça davom etadi.













