AQŞ va Kanadada yozgi vaqtdan qişki vaqtga ötildi.

5 noyabrga ötar keçasi soat millari bir soatga orqaga surildi (mahalliy vaqt bilan 2:00 körsatayotgan soat körsatkiçlari 1 soat orqaga qaytarildi). 

Şu tariqa, Amerikaning şarqiy qirğoğidagi şaharlar va Toşkent örtasida soat farqi 10 soatni taşkil etmoqda.

Qişki vaqtga ötiş mamlakatning butun hududida majburiy hisoblanmaydi. Jumladan, mamlakatning Arizona ştati, uning tarkibiga kiruvçi Havayi, Puerto-Riko, Virjiniya orollari, Guam, Şimoliy Marian orollari va Amerika Samoasida hamişa yozgi vaqt amal qilinadi.

AQŞda birinçi marta yozgi vaqtga ötiş öşa vaqtdagi prezident Vudro Vilson buyruği bilan 1918 yilda joriy qilingan. Biroq bir yil ötgaç qonun çiqaruvçilar bunga qarşilik qilişgan. 1966 yilga kelibgina, AQŞda soat millarini suriş haqida tegişli qonun qabul qilingan.