Turkiya hukumati Anadolu agentligiga AQŞning Suriyadagi harbiy bazalari qayerlarda joylaşgani haqida ma'lumotlar taqdim etmagan. Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Qalinning ma'lum qilişiça, agentlik bu haqdagi materialni mustaqil ravişda tayyorlagan.

Bundan oldinroq Anadolu agentligi Amerikaning Suriyadagi harbiy bazalarining joylaşuvi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qilgandi. 

Şundan söng, Pentagon vakili Erik Pehon Vaşingtondagilar AQŞning Suriyadagi bazalari töğrisidagi ma'lumotlar tarqatilişi AQŞ boşçiligidagi koalitsiya faoliyatiga zarar keltirişi mumkinligidan taşvişda ekanini bildirgandi.

«Operativ xavfsizlik vajlari tufayli biz Suriyada IŞIDni yöq qiliş borasida operatsiyalar ötkazayotgan koalitsiya kuçlarining joylaşuvi haqidagi ma'lumotlarni oşkor etmaymiz. Nozik harbiy ma'lumotlarning çop etilişi koalitsiya kuçlarini keraksiz tahdid ostiga qöyadi va IŞIDni yöq qiliş yuzasidan olib borilayotgan operatsiyalarni barbod qilişi mumkin», — degan Pehon.

Qayd etiş kerakki, bunday ma'lumotlar AQŞ prezidenti Donald Tramp suriyalik kurdlarga qurol-yaroğ yetkazib berişni ma'qullagaç, Vaşington va Anqara örtasidagi munosabatlar sovuqlaşganidan söng OAVda paydo böldi.

Turkiya Suriyadagi kurdlarni öz hududidagi kurdlar bilan ittifoqçi sanaydi va ularning taşkilotini öz hududiy yaxlitligiga tahdid sifatida baholab, ularga qarşi kuraşib keladi.