Skripps institutida  (The Scripps Research Institute) faoliyat olib boruvçi amerikalik tadqiqotçilar Olive Jorj va Jordano de Gulelmo alkogolizm bilan kuraşişning yangi qiziqarli usulini öylab topişdi. Ularning tadqiqotiga köra, miya neyronlarining zararli odatlarga mas'ul bir qismini şunçaki "öçirib qöyiş" mumkin.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lumotiga köra, alkogolizm - bu muntazam yoki vaqti-vaqti bilan spirtli içimliklarni iste'mol qiliş. Spirtli içimliklar iste'moli unga qaramlikni keltirib çiqaradi va bu odamlarni (hattoki özlari istamasalar ham) qayta-qayta ana şunday içimliklarni içişga majbur qiladi.

Tadqiqot mualliflari insonni bunday salbiy odatdan xalos qiliş yölini öylab topişdi. Kalamuşlarda ötkazilgan tajribalar ularning usuli ijobiy natija berişini isbotladi. 

Olive Jorj va Jordano de Gulelmo inson qançalik köp içsa, muayyan neyronlar şunça tez işlaşini aniqlaşdi. Bu esa har safar spirtli içimlik iste'mol qilganda "yoqiladigan" ketma-ketlikni hosil qiladi va endorfin işlab çiqarişga sabab böladi. Soddalaştirilgan variantda quyidagiça: "içdi - rohat oldi" reflektor yoyiga öxşaş nimadir paydo böladi. 

Olimlar izlanişlari davomida qandaydir yöl bilan muayyan neyronlarga ta'sir ötkaziş imkoniyatlarini aniqlaşga urinib körişdi. Ular spirtli içimliklarga moyilligi bölgan kalamuşlarda tadqiqot ötkazişdi. Birinçi navbatda tadqiqotçilar spirtli içimliklar iste'moli natijasida hosil böluvçi faol neyronlar uçun marker sifatida xizmat qiluvçi maxsus oqsilni ajratib olişdi. Keyinçalik bu oqsil asosida qaramlik mexanizmi şakllanişida iştirok etuvçi faqatgina 5 foiz neyronlarga ta'sir ötkazişi kerak bölgan dori vositasi yaratildi. Bu dori vositasi yordamida spirtli içimliklarga moyilligi bölgan kalamuşlarga ta'sir ötkazildi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlandi. Doktor Olive Jorjning aytişiça, tajriba davomida kalamuşlar spirtli içimliklarka qaramligini butkul unutişgan.

Şuni ta'kidlaş joizki, kemiruvçilarning miyasiga kimyoviy birikmalar orqali ta'sir körsatilgan bölsa-da, kalamuşlar oddiy suv içiş, ovqatlanişda davom etişgan, spirtli içimliklarga esa qiziqmay qöyişgan. 

Hozirgi vaqtda olimlar yangi usulni primatlarda, keyin esa odamlarda sinaşni rejalaştirişmoqda.