Ispaniya şimolida poyezd öz izidan çiqib ketişi oqibatida kamida 2 kişi halok bölgan, bir neça kişi jarohatlangan. Bu haqda Ispaniyadagi Voz de Galicia xabar bergan.
Hodisa Galisiyadagi Porrino munitsipalitetida, Portugaliya bilan çegara yaqinida röy bergan.
Poyezdda jami 60 kişi bölgan. Hodisa birinçi poyezd izdan çiqib ketişi ortidan röy bergan. Şundan söng 2 vagon butunlay ağdarilgan. Yölovçilarning asosiy qismi poyezdlardan mustaqil holda çiqa olgan.
Bu voqea Louredo-Valos va Porrino bekatlari oraliğida sodir bölgan.
Poyezd Portugaliyaning Comboios Portugal kompaniyasiga tegişli bölib, Ispaniyaning Vigo şahridan Portugaliyaning Portu şahriga qatnovni amaliga oşirayotgandi.

















