Özbekistondagi barça öquv muassasalarida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taşabbusi bilan öquv yilining birinçi ön kunligida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş maqsadida «Diqqat, bolalar!» tadbirlari ötkazilmoqda. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar berdi.

Har yil an'anaviy tarzda ötkazilayotgan profilaktika tadbirlarida öquvçi-yoşlarga yöl harakati qoidalari, haydovçi va piyodalarning majburiyatlari, xavfsizlik şartlari batafsil tuşuntirilmoqda. Yöl-transport hodisalarining oqibatlari va ularning oldini olişga doir ma'lumotlar berib borilmoqda.

Profilaktika tadbirlari davomida har bir öquv muassasasiga yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari biriktirilib, piyodalarga, ayniqsa, bolalarga yöl harakati qoidalarini bilişi zarurligi uqtirilmoqda.

Toşkentning Çilonzor tumanidagi 162-umumta'lim maktabida bölgan tadbirda ham soha xodimlari tomonidan öquvçi-yoşlarga körgazmali qurollar asosida yöl harakati qoidalari, piyodalarning majburiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.